RealMusic
5 лет

Ichimdagi borim

2:48
Жанр
Рэп
Жанр
Рэп
Лицензия
Над треком работали
Rodj'R
Автор музыки
Rodj'R
Автор текста
Rodj'R
Исполнитель
Rodj'R
Текст
1-kuplet:
Yozaman borin bugun, qaynaydi qonim tugul,
Iloji yo’q saqlashni sukut, sabr tugadi butkul,
Uchsam misoli burgut, desam sevgim timsoli bir gul,
Daa! Kul! Sen xam bir kul! Gaplaring soni bir pul.

Xammamiz o’lamiza bir kun, bu xayot xaqiqatiku,
Najot yordamni taqiqladiku, ko’z va miya raqiblarku,
Do’sting zapalni tasdiqladiku, ko’chada faqat ta’qiblarku,
Agar gapinga turolmasen, talablaring ko’pi tabiblarku.

Ta’mir talab tananga taqalgan mingtadan ortiq travma,
Trevogasiz tarqaldi trio to’rt tomonga, the end drama,
Xar tarafing to’la odamlar, bartaraf bo’ldi u damlar,
G’amlaring kamaydi lek ortga qarab bormoqda sanda qadamlar.

Kamlaring ko’rinar asta, voxtida ishlat tupo’y kallani,
Sal nari tur bratan, axvollaring chato bo’lar sanlani,
Boshinga o’ra sallani, baribir og’ir bosomisan pallani,
Davrani manga bo’shat, xayron qoldiraman xammani.

#Naqorat:
Xafa bo’ma, brat, главное в жизни oqibat,
Zulmat va sukunat это и есть shaytanat,
Omad va baxt xayotinga kelar albat,
Agarda ozgina qisen oldinga xarakat.

A man как всегда yozaman только xaqiqatti,
Xaqiqatdan keldi mana mani o’sha daqiqam,
Intilaman raqibladan bo’lishga ancha ildam,
Xayronman, ulguraman o’lishga qancha yilda.

2-kuplet:
A man topdim xaqiqatdi, yo’qotib daqiqamni,
O’q otib raqiblarga, so’ngra to’xtatdim vaximamni,
Naxotki taxtitdaman, srazu baholang, bu xit emas,
Vaxolanki tanqid yemas, yedirishga duxin yetmas.

Boshga kulfat tushsa yaqin do’stlaring chetda turar,
Kunlar o’tar va qaytar dunyo ulani ustidan kular,
Tunlar yo’qolgan uyqular, o’rtada soxta tuyg’ular,
Ōzi kim sanga ular? Yuraginga solishvotti rosa g’ulg’ula.

Ishonasanmi unga xamon? Yuziga qara u shaytonni,
O’rning bor qilishga gumon, yashayotganing qora makon,
Qorong’u o’rmon tomon ketvossan, bu eng yomoni,
Keyin qilma pushaymon, ichingda qomasin armon.

Darmoning onayi-zoring, karmoning uy-ro’zg’oring,
iPhone’ing bu seni boring, kuchli doring bu seni yoring,
Yozdim ichimdagi barin sozga, qilib g’iybatlani nari,
Qarib boraman tobora kundan-kun o’tgani sari.

#Naqorat:
Xafa bo’ma, brat, главное в жизни oqibat,
Zulmat va sukunat это и есть shaytanat,
Omad va baxt xayotinga kelar albat,
Agarda ozgina qisen oldinga xarakat.

A man как всегда yozaman только xaqiqatti,
Xaqiqatdan keldi mana mani o’sha daqiqam,
Intilaman raqibladan bo’lishga ancha ildam,
Xayronman, ulguraman o’lishga qancha yilda.